Batshuayi ikki kun ichida Chelsiga o'tadi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2016
Marsel hujumchisi Mishi Batshuayi Chelsiga o'tishga juda yaqin.

22 yoshli futbolchi London klubida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Yaqin ikki kun ichida transfer rasman e'lon qilinadi.

Oldinroq belgiyalik futbolchi uchun 40 million evro to'lanishi, u bilan 5 yillik shartnoma tuzilishi haqida xabarlar chiqqandi.

O'tgan mavsumda Batshuayi Fransiya chempionatining 36ta o'yinida 17ta gol urdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com