Batshuayi “Chelsi”dan yana kyetishi mumkin

“Kristal Pelas” belgiyalik hujumchini ortga qaytarishni xohlamoqda.

Takidlanishicha, Mishi Batshuayi qishki transferlar vaqtida “Kristal Pelas”ga o'tishi mumkin. “Chelsi” ustozi Frenk Lempard Mishining ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun uning ijaraga berilishiga rozilik berishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Batshuayi o'tgan mavsum “Pelas” safida ijarada to'p surishga ulgurgan.


Manba: Daily Mail