Bastoni "Inter" bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytiradi

Alisher
3 may 2021
"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli italiyalikning bitimi 2024 yilning yoziga qadar davom etadi, o'yinchining maoshi yiliga 2,8 million evroni tashkil etadi.

Bastoni joriy mavsum "Inter" tarkibida 38ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira