Bastiya Brandao bilan shartnomani bekor qilmoqchi, futbolchi 2 yilga diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Narzulla Saydullayev
18 avg 2014, 09:15
Bastiya hujumchisi Brandao yaqin vaqt ichida klubdan ketishi mumkin.
Francuz klubi 34 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqchi, deb xabar bermoqda RMC nashri.

Shanba kuni PSJga qarshi o'yindan (0:2) so'ng Brandao tribuna ostida tunelda Tiago Mottaning yuziga boshi bilan zarba bergandi.

Keyinroq o'sha vaziyatda Mottaning burni singani ma'lum bo'ldi.

Agar Brandaoning harakat atayin va qasddan qilingani aniqlansa u professional futboldan ikki yilga chetlatiladi.

Bastiya allaqachon Brandaoning o'rniga hujumchi qidirishni boshlab yubordi. Klub Bordo va Dalyan Aerbin kabi klublarida o'ynagan, hozir erkin agent bo'lgan Giyom Oaro bilan muzokara o'tkazdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru