

"Real"da yuqori saviyali futbolchilar to'p tepadi va jamoa hozir ko'proq to'pni nazorat qilishga e'tibor bermoqda. Bu ularni yanada xavfliroq qiladi. Biz maksimal e'tibor bilan o'ynashimiz kerak, "Real" shunga majbur qiladi. Raqib to'p bilan va to'psiz yaxshi harakat qiladi. Har qanday holatda ham "Borussiya" "Real" bilan teng kurash olib bormoqchi. Raqibning kuchi haqida bilamiz, ammo o'z imkoniyatlarimizga ishonamiz. Ayni damda jamoamiz o'z vazifalarini yaxshi uddalamoqda" - deydi Bartra.
"Borussiya" hamda "Real" o'rtasidagi uchrashuvi 26 sentyabr kuni nemis jamoasi maydonida bo'lib o'tadi.



