Bartomeu tasdiqladi: "Kelasi haftada yangi bosh murabbiy e'lon qilinadi"

Mirjalol Normatov
15 avg 2020, 03:51
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

"Qarorlar qabul qilingan. Kelasi haftada yangi bosh murabbiyni e'lon qilamiz. Biroq bunga to'liq ishonch hosil qilib olishimiz kerak. Bugun miyani joyiga qo'ya olmaymiz. Muxlislardan uzr so'raymiz. Bu barcha ishonadigan "Barselona" emasdi.

"Bavariya"ni tabriklayman, jamoa bosh sovringa loyiq. Biz esa ko'p narsalarni o'zgartirishimiz kerak. Muxlislardan yana bir bor uzr so'rayman", - dedi Bartomeu.

Xabarlarga ko'ra, Bartomeu kecha Maurisio Pochettino bilan restoranda suhbatlashgan. Buni restoran xo'jayinlari tasdiqlashgan. Ammo muammo shundaki, prezidentlik saylovlarida Bartomeu o'z nomzodini qo'ymoqchi emas. Yani, bosh murabbiyni prezidentlik saylovlarida yutib chiqqan yangi prezident tayinlashi ehtimoli ham bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com