Bartomeu: "Laporta "Barselona"ga zarar keltiradi"

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2015, 17:43
"Barselona"ning vaqtinchalik prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning fikricha, ko'k-anorranglilar sobiq rahbari Joan Laporta o'zining so'zlari bilan klubga zarar keltiradi.

Oldinroq Laporta klubni korrupsiyada ayblagan edi.

"Laporta "Barselona"ni korrupsiyada aybladi, ammo bu yolg'on. Xohlasangiz shaxsan o'zimni tanqid qiling, buni tushunaman. Ammo butun klubni tanqid qilishga yo'l qo'ymayman, bunga chidamaymiz. Ha, klub bazi moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblandi, ammo bu korrupsiya emas. Klubni korrupsiyada ayblashni bas qilishingizni so'rayman" - deydi Bartomeu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com