Bartomeu: “Imkoni bo'lsa, tarkibni kuchaytiramiz”

21 noya 2017, 23:07
“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu yanvar oyidagi transfer oynasi paytida bo'ladigan o'zgarishlar haqid gapirdi.

“Biz jamoaning ayni paytdagi tarkibidan mamnunmiz. Agar uni yanada kuchaytirish imkoni bo'lsa, albatta bundan foydalanamiz. Chunki biz doim ko'prog' g'alaba va sovrinlarni istaymiz. 

Oldinda mavsumning katta qismi turibdi. Bizni CHLda qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Va yana unutmasligimiz kerakki biz “Valensiya”ni atigi 4 ochkoga ortda qoldirayapmiz. Biz doim optimizmni saqlab qolishni istayman. Noyabr endi tugamoqda, oldimizda qiyin va mashaqqatli yo'l turibdi”, deydi Bartomeu.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca