Bartomeu: "Bir kun kelib, Xavi "Barselona" bosh murabbiy bo'ladi"

Mirjalol Normatov
2 avg 2020, 13:40
"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeuning aytishiga ko'ra, Kike Seten bosh murabbiylik lavozimida qoladi.

"Setenning shartnomasi bor. Ushbu murabbiy endigina bir necha oydan beri ishlamoqda. Shu sababli unga baho berishga erta.

Murabbiyni almashtirish ishlarini ko'rib ham chiqmadik, hech kim bilan gaplashmadik. Xavi qadrdon do'stim bo'lganligi sababli gaplashib turaman. Biroq u klubi bilan shartnomasini uzaytirganiga ko'p bo'lmadi.

Bir kun kelib, Xavi "Barselona" bosh murabbiyi bo'ladi", - dedi Bartomeu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express