

Arenani rekonstrukciya qilish uzoq vaqt davom etdi.
Qayd etilishicha, rekonstrukciya jarayonida suv va elektr taminotida muammolar yuzaga kelgan. Bu kabi muammolar umumiy ish rejasiga ta’sir qiladi va natijada jamoa stadionga keyingi bahorda qaytishi mumkin.
"Ko'k-anorranglilar" qurilish ishlari boshlangani sababli 2023 yilning may oyidan beri arenada o'ynamadi. "Barselona" bugungi kunda "Olimpiya" stadionida o'ynamoqda.
Klub yangi mavsumni La Ligada ketma-ket 6 ta g'alaba bilan boshladi va musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.



