"Barselona"ning besh futbolchisi va ikki murabbiyida koronavirus aniqlangan

Alisher
2 iyun 2020, 12:54
"Barselona"ning besh o'yinchisi koronavirus infekciyasini yuqtirib olgani ma'lum bo'ldi.

Xabarlarga ko'ra, kasallik murabbiylar shtabining ikki vakilida ham aniqlangan.

Shu bilan birga, kasallikka chalingan barcha tuzalishga ham ulgurgan va mashg'ulotlarga qaytgan. Kasallik mart oyida serologik test (qon tahlili) orqali aniqlangan.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" La Liga restartidan so'ng ilk o'yinini 13 iyunda "Malorka"ga qarshi mehmonda o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RAC1