"Barselona"ning afsonaviy darvozaboni faoliyatini tugatdi

Tolibjon Qosimov
17 avg 2017, 20:31
"Barselona"ning sobiq va afsonaviy darvozaboni Viktor Valdes professional faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Bu haqda Ispaniyaning "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.  

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, 35 yoshli kiper "Betis", "Deportivo", "Las-Palmas" va "Sporting" (Xixon) jamoalari taklifini rad etdi. Ispaniyalik "Crazy4fun" telekanalida prodyuser bo'lib ishlaydi. Shuningdek, Valdes sobiq hamkasblaridan intervyular olinadigan shaxsiy dasturida boshlovchilik qiladi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Mundo Deportivo