"Barselona"ga Reshford kerak

Mirjalol Normatov
26 mar 2019, 21:15
"Barselona" yozgi transferlar uchun short-listga "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni qo'shib qo'ydi.

"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko'ra, kataloniyaliklar "Old Trafford" futbolchisini 32 yoshli Luis Suaresning o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

Ammo MYU o'z hujumchisini sotib yubormoqchi emas. Oldinroq ular 21 yoshli hujumchini 150 million evroga baholayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

Reshford bu mavsumda jamoasi tarkibida APLning 26 o'yinida qatnashib, 9 gol kiritishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo