"Barselona"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmagan "Yuventus" futbolchilari safga qaytishdi

Aslanov Jasurbek
16 sen 2017, 18:45
Himoyachi Jorjo Kellini va hujumchi Mario Manjukich "Sassuolo"ga qarshi A Serining 4-tur o'yinidan o'rin olgan uchrashuvda "Yuventus"ning qaydnomasiga kiritildi.

Eslatib o'tamiz, italiyalik va xorvat jarohat tufayli "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi tur uchrashuvini (0:3) o'tkazib yuborgan edi.

Ayni damda "keksa sinora"ning jarohatlangan futbolchilar safida Klaudio Markizio, Sami Xedira, Benedikt Xyovedes, Mattia De Shilo va Marko Pyaca bor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia