"Barselona"ga Pikening o'zini tutishi yoqmayapti

Aslanov Jasurbek
8 sen 2018, 14:14
"Barselona" rahbariyati jamoa himoyachisi Xerard Pike bilan suhbat o'tkazmoqchi.

Rahbariyatning fikricha, futbolchining so'nggi vaqtlardagi ko'plab harakatlari "Barselona" imijiga zarar keltirmoqda. Masalan, Pike ijtimoiy tarmoqlarda "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann o'z jamoasida qolishi haqidagi fikri klubga yoqmadi. Shlemsiz elektrovelosiped haydash va hujjatlari bo'lmay turib mashina boshqarish kabi voqealar "Barselona" amaldorlarini g'azablantirdi. Bundan tashqari, Pikening jamoa sobiq hujumchisi, hozirda PSJ sharafini himoya qilayotgan Neymar bilan yaqinligi ko'k-anorranglilarga yoqmadi.

"Barselona" yaqin haftalar ichida Pike bilan suhbat o'tkazishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo