"Barselona"ga Grizmann kerak emas

Aslanov Jasurbek
18 mar 2019, 14:41
"Barselona" joriy mavsum oxirida hujumchi Antuan Grizmanni xarid qilishga urinmaydi.

Kataloniyaliklarning asosiy maqsadi - 32 yoshli Luis Suaresga o'rinbosar topish. Marca nashrining fikricha, ko'k-anorranglilarga Luka Yovich ("Ayntraxt"), Timo Verner ("Leyptsig") yoki Maksi Gomes ("Selta") mos tushadi.

Grizmanning o'tgan yildagi rad javobi ham "Barselona" uchun futbolchini taklif qilmaslikka yana bir sabab. Fransiyalik JCH-2018 paytida Kataloniya klubi taklifiga "yo'q" degan edi.

Bu voqeadan so'ng "Barselona" futbolchilari, ayniqsa Pike Grizmanni jamoada ko'rmoqchi emas.

Grizmann "Barselona"ning taklifini ko'rib chiqmoqda 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca