Barselonada Suares sharifi tushirilgan futbolkalar sotuvi boshlandi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2014, 08:00
Barselonadagi Futbol Mania sport do'koni Suaresning “9” raqami va ism-sharifi tushirilgan futbolkalar sotuvini boshladi.
Bu raqam ayni paytda Aleksis Sanchesga tegishli. Ammo, chililik hujumchining faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi deyarli oydinlashib qoldi.   

Avvalroq Ispaniya matbuotida urugvaylik futbolchining transferi hali to'liq hal etilmagani haqidagi xabarlar chop etilgandi. Shu bilan birga La Gazzetta dello Sport nashri muxbiri Tankredi Palmeri Suaresning transferi o'tgan juma kuniyoq hal bo'lganligini yozgan.

Agar Luis Suaresning “Barselona”ga ko'chib o'tganligini rasman e'lon qilinsa, bu kataloniyaliklar tarixidagi eng qimmat transfer bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com