"Barselona"da 7-jarohatlangan futbolchi

Mirjalol Normatov
13 okt 2023
"Barselona" futbolchisi Aleks Baldeda jarohat aniqlandi.

Kataloniya klubi matbuot xizmati chap qanot himoyachisining boldir mushaklarida jarohat borligini ma'lum qildi. Shu orqali u "Barselona"ning jarohatlangan 7-futbolchisi bo'ldi.

Ayni damda Robert Levandovski, Frenki de Yong, Rafinya, Jyul Kunde, Pedri va Lamin Yamal kabi futbolchilarda ham jarohatlar bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana