“Barselona” yoshlari ikkinchi bor YCHL g'olibi bo'lishdi

23 apr 2018, 23:52
Ispaniyaning “Barselona” klubi yoshlari (U-19) o'z tarixida ikkinchi bor Yevropa Chempionlar ligasi g'olibiga aylanishdi.

Kataloniyalik yosh futbolchilar bundan bir necha daqiqa avval yakuniga etgan final uchrashuvida “Chelsi” jamoasini yirik 3:0 hisobida mag'lub etishdi. Uchrashuv Shveytsariyaning Non shahrida bo'lib o'tdi. 

UEFA Yoshlar ligasi. Final

Chelsi U-19 Angliya – Barselona U-19 Ispaniya 0:3 (0:1, 0:2)

Gollar: 0:1 – 32 Mendes, 0:2 – 51 Mendes, 0:3 – 90 Abel Ruis.

Chelsi U-19 – Kamming, Gei (Makikran, 58), Grant, Jeyms, Sterling, Makkormik, Familio-Kastilo, Xadson-Odoi, Sent-Kler, Meddoks (Lempti, 73), Redan (Braun, 67).

Barselona U-19 – Penya, Mingesa, Miranda, Morey, Brandaris, Puch (Marti Vila, 90), Xandro Orelyana (Morer, 74), Kolyado, Mendes (Gilem Jayme, 80), Abel Ruis, Karles Peres.

Ogohlantirishlar: Sterling (28), Mingesa (35), Jeyms (42), Xandro Orelyana (60), Penya (82), Miranda (86), Morey (90).

O'xshash yangiliklar