"Barselona" yilning ilk transferini kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
2 yanv 2026
Misrlik hujumchi Hamza Abdilkarim 2026 yilda "Barselona"ning ilk xaridiga aylanadi.

Xabarlarga ko'ra, Kataloniya klubi "Al Ahli" bilan futbolchini ijara asosida kataloniyaliklarning zaxira jamoasi - "Barsa Atletik"ka mavsum oxirigacha o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishgan.

Bitimda 1,5 mln evro evaziga sotib olish huquqi, bonuslar, shuningdek, kelajakdagi ehtimoliy sotuv summasining 15 foizini avvalgi klubga o'tkazish bandi kiritilgan.

Qayd etilishicha, futbolchining o'zi bilan shartnoma shartlari to'liq kelishib olingan. Abdilkarim 5 yanvar kuni Barselonaga yetib borishi kutilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Blaugranes