"Barselona" yarim himoyachisi faoliyatini "Portu"da davom ettiradi
Omonjon To`xtamirzayev
22 iyul 2023, 15:34
"Barselona" yarim himoyachisi Nikolas Gonsales "Portu"ga o'tishga yaqin.
Klublar transfer shartlarini kelishib olishgan. "Ko'k-anorranglilar"da futbolchini qaytib sotib olish huquqi bo'ladi. Endi "Portu" futbolchining o'zi bilan kelishishi zarur.
O'tgan mavsum Niko Gonsales ijarada "Valensiya" tarkibida harakat qilgandi.