"Barselona" yaqin soatlarda o'zining yozdagi ilk transferini e'lon qiladi

Alisher
31 may 2021, 14:08
"Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.

Futbolchi Kataloniya klubi bilan 2026 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Insayderning ma'lumotiga ko'ra, boshqa klublar ham unga takliflar bilan chiqishdi, ammo ispaniyalik faqat "Barsa"da o'ynashni xohladi.

Futbolchi "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishi oydinlashgani sabab "Man Siti"da ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Futbolchi o'tgan mavsum APL doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano