"Barselona" yanvarda Garsiyani qaytarishga urinib ko'radi

Alisher
7 okt 2020, 14:10
"Barselona" yanvar oyida "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya bilan shartnoma imzolashga yana urinib ko'radi.

Transferlar oynasi yakunlanishi oldidan kataloniyaliklar futbolchi uchun 18 million evro+bonuslar taklif qilgan edi. "Shaharliklar" 20 million taklif qilishdi, bitim esa amalga oshmadi.

"Ko'k-anorranglilar" yanvarda Garsiyani qaytarishga harakat qiladi. Futbolchining "Man Siti" bilan bitimi yana bir yilga amal qiladi.

Ispaniyalik futbolchi "shaharliklar"ning shartnomani uzaytirish borasida taklifini rad etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca