"Barselona" "yangi Dani Alvesh"ni xarid qiladi

Alisher
25 yanv 2020
"Barselona" "Koritiba" himoyachisi Yan Koutoning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

17 yoshli braziliyalik o'yinchining transferi "ko'k-anorranglilar" uchun 5 million evroga tushadi.

Kouto iyunda 18 yoshni qarshilaydi va unga qadar "Koritiba"da qoladi. "Barselona" bu orqali voyaga etmagan futbolchining transferi borasidagi muammolardan qochmoqchi.

Kouto o'tgan yilning noyabr oyida Braziliya o'smirlar terma jamoasi safida JCHda g'olib bo'ldi. Uni o'z yurtida "yangi Dani Alvesh" deyishadi.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es