"Barselona" yana bir transferni hal qildi

Alisher
5 avg 2022, 14:58
"Barselona" yozgi transfer oynasidagi yana bir transferni amalga oshirmoqda.

Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" safini "Atletik" himoyachisi Inigo Martines to'ldiradi.

La Liga vice-chempionlari 31 yoshli futbolchi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishishdi. Endilikda, Kataloniya klubi tovon puli borasida "Atletik" bilan kelishishi kerak.

Eslatib o'tamiz, Martinesning shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur