"Barselona" Xollni nishonga oldi

"Barselona" yozgi transferlar vaqtida 21 yoshli angliyalik himoyachi Lyuis Xoll bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

Qayd etilishicha, Xoll Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki o'yinida "Barselona"ni 1:1 hisobida durang o'ynagan kataloniyaliklarga qarshi o'yini bilan hayratda qoldirgan. O'sha oqshom himoyachi maydonda eng yaxshilardan biri edi.

Lyuis Xoll 2023 yilda "Chelsi"dan "Nyukasl"ga o'tgan. U joriy mavsum jamoasi safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Manba: Sport Witness