"Barselona" Xavi boshchiligidagi 7 ta o'yindan 5 tasida gol urolmadi

Aziz Tukhtamuradov
27 okt 2022, 08:37
"Barselona" YCHLda Xavi boshchiligidagi 7 ta o'yinning 5 tasini golsiz tark etdi.

Tunda kataloniyaliklar o'z maydonida "Bavariya"ga 0:3 hisobida yutqazishdi. Bu "Barsa" uchun YCHLda Xavi boshchiligidagi ettinchi o'yin edi. 

Ushbu 7 ta o'yindan faqatgina 2 tasida "Barsa" gol ura oldi - "Viktoriya Plzen" (5:1) va "Inter" (3:3). 

Qolgan 5 ta o'yinda kataloniyaliklar maydonni golsiz tark etishdi. 

Endi jamoa navbatdagi o'yinini 1 noyabr kuni "Viktoriya Plzen" jamoasiga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta