"Barselona" Xavi boshchiligida Evrokubokdagi 22 ta o'yinning 8 tasidagina g'alaba qozona oldi

Aziz Tukhtamuradov
14 dek 2023, 09:12
"Barselona" Xavi qo'l ostida Evrokuboklardagi 8-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Kecha jamoa YCHL guruh bosqichi doirasida "Anverpen"ga 2:3 hisobida yutqazdi.

Xavi 2021 yildan buyon "Barsa"nii boshqarmoqda. Uning qo'l ostida jamoa YCHLda 6 ta g'alaba, 2 ta durang va 6 ta mag'lubiyat qayd etdi.

Yevropa ligasida esa 2 ta g'alaba, 4 ta durang va 2 ta mag'lubiyat bor.

Ushbu natijalarga qaramay, "Barselona" bu yilgi YCHL guruh bosqchini 1-o'rinda yakunladi va pley-offga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta