"Barselona" xavbeki safga qaytdi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2023, 18:25
Futbolchi jamoaga yordam berishga tayyor.

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jarohatidan so'ng safga qaytdi. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Futbolchi allaqachon jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmoqda. U 4 noyabr kuni "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda.

20 yoshli xavbek joriy mavsum jarohati sabab La Ligada bor-yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushdi.

Avvalroq Kataloniya klubi Pedri yoki Gavini sotishi mumkinligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS