"Barselona" xavbeki jarohatidan forig' bo'ldi

Sherzod Nurmatov
14 okt 2023, 10:53
Futbolchi tez orada to'liq mashg'ulotlarga kirishadi.

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jarohatidan qutuldi. Bu haqda jurnalist Fernando Polo xabar bermoqda.

20 yoshli xavbek yaqin kunlarda to'liq mashg'ulotlarga kirishishi kutilmoqda. Jarohati tufayli u joriy mavsum La Ligada atigi 2 ta o'yin o'tkazdi.

"Barselona" tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvini 22 oktyabr kuni o'z maydonida "Atletik"ka qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo