Barselona Vitcelni yozda tekinga olishni istamoqda

Narzulla Saydullayev
22 dek 2016, 21:30
Barselona mavsum yakunlanganidan so'ng Zenit futbolchisi Aksel Vitcelni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Kataloniyaliklar belgiyalik futbolchiga katta maosh taklif qilgan holda, uni tekinga qo'lga kiritmoqchilar.

Vitcelga "Everton" tomonidan ham qiziqish bildirilgandi. Biroq, futbolchi Angliyaga ko'chib o'tishni istamagandi.

Avvalroq esa, "Yuventus" futbolchini 6 million evro evaziga sotib olmoqchi ekanligi haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Calciomercato