"Barselona" vaziyatni o'nglash uchun ikki yulduzdan birini jalb qiladi

Sherzod Nurmatov
1 noya 2022, 20:22
Kataloniya klubi Chempionlar Ligasini erta tark etgandan so'ng jamoaning holatiga ijobiy ta’sir o'tkazadigan yurish qilmoqchi.

Buning uchun esa klub e'tiborini Lionel Messi yoki Bernardu Silvani sotib olishga qaratadi. "Ko'k-anorranglilar" yozda tarkibni kuchaytirish uchun 150 mln evrodan ortiq sarflab yuborgandan so'ng prezideng Joan Laporta yana transfer bozoriga kirmoqchi. Messining jamoaga ehtimoliy qaytishi hayajonga soluvchi kelishuv bo'lsa-da, PSJning argentinalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish istagi va "Inter Mayami"ning uning MLS'ga olib kelish uchun urinishi buni qiyinlashtirmoqda. 

Shuningdek, "Barsa" "Manchester Siti" vakili Bernardu Silvaga uzoq vaqtdan buyon qiziqib kelmoqda. Biroq portugaliyalik yarim himoyachi katta maosh evaziga "shaharliklar" safida saqlab qolinishi mumkin. Messining esa amaldagi bitimi ushbu mavsum oxirida yakun topadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport