Barselona – Valensiya. Messi primerada sentyabr oyidan buyon birinchi marta gol urdi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2014, 21:47
Barselona hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 22-turidan o'rin olgan Valensiyaga qarshi o'yinda gol urdi.
59-daqiqada argentinalik futbolchi penaltini amalga oshirdi.

Shunday qilib, Messi primeradagi 2013 yil 28 sentyabr oyidan buyon ilk golini urdi. Oxirgi marta hujumchi Ispaniya chempionati doirasidagi Almeriyaga qarshi uchrashuvda to'p kiritgandi.

Oradan 126 kun o'tdi. Bu davr oralig'ida Messi Ispaniya chempionatining 8ta uchrashuvida maydonga tushib gol ura olmagandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru