"Barselona" "Valensiya" futbolchisini sotib olishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
22 apr 2022, 09:07
Yarim himoyachi Karlos Soler "Valensiya"dan ketishi mumkin.

25 yoshli yarim himoyachini "Barselona" diqqat bilan kuzatib turibdi. Agar jamoadan kimdir ketadigan bo'lsa, kataloniyaliklar aynan Solerni qo'lga kiritishga urinib ko'radilar. 

Soler shu yil yozda xarid qilinishi mumkin. Yoki 2023 yilda erkin agent sifatida klubga kelib qo'shilish ehtimoli bor. 

Futbolchining o'zi ham "Barselona"da o'ynashga qarshi emas. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca