"Barselona" va "Yuventus" o'zaro futbolchi almashmoqchi

20 avg 2019, 21:31
Kataloniyaliklar yarim himoyachi Ivan Rakitichni "Yuventus" futbolchisi Emre Janga almashishi mumkin.

Bu haqda Tuttosport nashri ma'lumot berdi. Italiyaliklar sport direktori Fabio Paratichi kecha "Barsa" rahbariyati bilan ushbu almashinuv borasida suhbatlashgan. Ikkala o'yinchi ham mazkur "rokirovka" amalga oshishiga qarshi emas. Faqat klublar transfer shartlari bilan kelishmagan holos. 

Shuningdek, Kataloniya klubi "keksa sinora"ga hujumchisi Luis Suaresni ham taklif qilgan. Bu Neymarning jamoaga kelishi mumkinligi bilan bog'liq bo'lish ehtimoli bor. Ammo, ayni paytda turinliklar "Inter"dan ketish arafasida turgan Mauro Ikardiga qiziqishmoqda. 


O'xshash yangiliklar


Manba: tuttosport.com