"Barselona" va "Real" Mayamida o'yin o'tkazishi mumkin
Narzulla Saydullayev
11 fev 2017, 12:17
"Barselona" va "Real" klublariga Mayami shahridagi "Xard Rok" stadioni ochilishida ishtirok etish taklif qilindi.
O'yin yozda Xalqaro chempionlar kubogi doirasida bo'lib o'tishi kutilmoqda. Tashkilotchilar "Barselona" - "Real" uchrashuvidan katta futbol bayrami tashkil qilishmoqchi. Unda shou va koncert ham bo'ladi.