"Barselona" va "Real" afsonalari Meksikada to'qnash keladi

Sherzod Nurmatov
14 fev 2025
13 aprel kuni Meksikada "Barselona" va "Real" afsonalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Bu jamoalarning joriy mavsumdagi to'rtinchi uchrashuvi bo'ladi. U Tolukada 30 000 tomoshabinga mo'ljallangan "Nemesio Dies" stadionida o'tkaziladi. Mamlakatga tashrif "ko'k-anorranglilar" uchun birinchisi bo'ladi.

Birinchi marta afsonalar formasini niderlandiyalik yarim himoyachi Fillip Koku ham kiyadi. Shuningdek, bahsda Andres Inesta, Karles Puyol, Rivaldo, Rafael Markes, Xaver Saviola, Xesus Angoy, Fernando Navarro, Serxi Barxuan, Nolito, Roberto Trasorras va Frank de Bur ishtirok etadi. Jamoani Alber Ferrer boshqaradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com