"Barselona" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Klopp jonli efirda so'kindi

Aslanov Jasurbek
8 may 2019, 10:23
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida "Barselona" ustidan qozonilgan g'alabadan (4:0) so'ng hissiyotlarini jilovlay olmadi.

"Bu yigitlar ******* gigantlar! Bu hayratlanarli! Xohlasangiz so'kinish uchun menga jarima soling. Ingliz tili - mening ona tilim emas, shu sababli boshqa so'zlarni topa olmadim" - dedi Klopp.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" "Kamp Nou"da 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Shunday qilib, Yurgen Klopp shogirdlari Chempionlar ligasi finaliga chiqishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com