"Barselona" Umtiti bo'yicha faqat bitta taklif oldi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2022, 23:34
Transfer bozorida "Barselona" markaziy himoyachisi Samuel Umtitiga bo'lgan talab unchalik katta emas.

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 28 yoshli futbolchini ijaraga olish bo'yicha faqat bitta aniq taklif olgan.

“Beshiktosh” fransiyalik futbolchini sotib olishga tayyor, biroq futbolchining o'zi faoliyatini Turkiyada davom ettirishni istamayapti.

Liga 1 ning bazi klublari ham Umtitini ijaraga olishi mumkin, ammo ular uning 9 million evroni tashkil qiluvchi yillik maoshining faqat bir qisminigina to'lashga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es