“Barselona” uch nafar futbolchisidan voz kechmoqchi

11 noya 2017, 23:34
“Barselona” rahbariyati “Liverpul” yarim himoyachisi Filippe Koutino va “Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligtni o'z safiga qo'shib olish uchun uch nafar yarim himoyachisidan voz kechishi mumkin.

Kataloniyaliklar Rafinya, Denis Suares va Arda Turanni sotishni rejalashtirishmoqda, garchi hech bir klubdan ularga taklif tushmagan bo'lsa ham.

Rafinya kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganligi sababli “Barsa”ni tark etmoqchi. Suares o'tgan yozda “Napoli”dan tushgan taklifni rad etgan va yanvarda ham jamoani tark etmoqchi emas.

Ernesto Valverdening rejalariga kirmaydigan Arda Turan bilan esa “Galatasaray” qiziqmoqda.


O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo