“Barselona” ter Shtegen bilan kelishuvga erishdi

8 okt 2013, 12:56
“Barselona” klubi rahbariyati myonxengladbax “Borussiya” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bilan kelishuvga erishdi, deb xabar beradi ispan OAV.

Kataloniya klubi ushbu mavsum yakuniga etgach jamoani tark etishga qaror qilgan Viktor Valdesning o'rniga o'rindosh sifatida ter Shtegenni o'z safiga qo'shib oladigan bo'ldi. Kelishuvning bir qismida tomonlar xohlagan paytda shartnomani bekor qilish imkoniyati mavjudligi haqida ma'lumot qiritilgan.

Manbaning xabariga ko'ra, “Barselona”ning “Napoli”da ijara asosida o'ynayotgan “Liverpul” klubi darvozaboni Pepe Reyna bilan ham kelishuvi mavjud.


Manba: championat.com