27 yashar hujumchi uchun kataloniyaliklar 30 million evro, shuningdek, bu summaga Aleksis Sanchesni qo'shib berishga tayyorlar.
Mabodo, muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolsa, ko'k-anorranglilar transfer summasini yana 6-7 million evroga ko'tarishmoqchi. Agar “Liverpul” Sanchesning xizmatiga muhtojlik sezmasa, u holda “Barselona” rahbarlari Suaresning uzoq muddatli diskvalifikaciyasini inobatga olib, ko'pi bilan bu transferga 60 million evro sarflashni maqsad qilishgan.
Eslatib o'tamiz, FIFA Suaresni 4 oyga barcha futbol musobaqalardan, shuningdek Urugvay terma jamoasi tarkibidagi 9 ta o'yinga chetlatgan edi. Xabaringiz bor, Luis Italiya terma jamoasiga qarshi kechgan guruhning so'nggi uchrashuvi chog'ida himoyachi Jorjo Kellinining elkasini tishlab olgandi.