"Barselona" "Siti" himoyachisini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
9 avg 2020, 18:14
"Barselona" "Manchester Siti" markaziy himoyachisi Erik Garsiyani sotib olmoqchi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 19 yoshli ispaniyalikni 10 mln evroga sotib olishga tayyor turibdi. Biroq "Siti" himoyachisini 23 mln evroga narxlamoqda.

Garsiyaning "Siti" bilan shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi. U ushbu mavsumda APLning 13 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo