

Kataloniya klubi urugvaylik himoyachini 100 million evroga sotishga tayyor. Qaysidir jamoa futbolchi uchun shuncha summani taklif qilsa, Barselona ushbu transferga rozilik beradi.
Ronald Arauxoga Bavariya va Manchester Yunayteddan jiddiy qiziqish bor.
Yaqin vaqtlargacha 25 yoshli Arauxoga daxlsiz deb qaralardi va "ko'k-anorranglilar" boshqa klublar urugvaylik futbolchiga qiziqish bildirishganiga qaramay, uni qo'yib yubormagandi.
Ronald Arauxo joriy mavsum "Barselona" safida 36 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.



