"Barselona" Romariodan boshlab braziliyalik futbolchilarga 482,5 million evro sarfladi

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2018, 20:32
Filippe Koutino bugun "Barselona"da tibbiy ko'rikdan o'tdi va OAVga yangi o'yinchi sifatida tanishtirildi.

Gap shundaki, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri umumiy hisobda "Barselona"ga 30ta o'yinchi etkazib berdi. Koutino bilan birga hisoblaganda klub oxirgi 12 yilda eng ko'p aynan braziliyalik futbolchilarni sotib olgan.


Braziliyaliklar jamoada 1993-1994 yilgi mavsumdan ko'paya boshlagan, o'shanda Romario Rio-de-Janeyroda tug'ilgan futbolchi sifatida Barselonaga ko'chib o'tgan. "Barsa" Romario uchun PSV Eyndxovenga 12 mln evro to'lagan. 1996-1997 yilgi mavsumda Ronaldo 15 mln evro evaziga PSVdan "ko'k-anorranglilar"ga o'tgan.


Bu ro'yxatga klub g'aznasiga yaxshigina ta’sir o'tkazgan bir qator o'yinchilar ham qo'shiladi. Jumladan, Dani Alvesh (36 mln), Neymar (85 mln) yoki Paulino (40 mln).
Bundan tashqari, omadsiz transferlar ham bor: Enrike (10 mln), Keyrisson (14 mln), Jeovanni (20 mln) yoki Roshembak (5 mln).

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com