

Kataloniya klubi o'tgan yili futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqqandi, ammo karantin bu rejalarni puchga chiqargan edi. Endilikda buni qilish osonroq bo'ladi, chunki "Milan" hali futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti va eski shartnoma 2022 yilning yozida tugaydi.
Eslatib o'tamiz, Romanoli "Milan"da oltinchi mavsumini o'tkazmoqda. U A Seriyaning joriy mavsumida 20 ta uchrashuv o'tkazdi va 7 ta sariq kartochka oldi.



