"Barselona" "Real"ni qo'llab-quvvatlab tvit yozgan skautni ishga olishni rad etdi

Aziz Tukhtamuradov
29 iyun 2022, 07:49
"Barselona" "Real"ni qo'llab-quvvatlab tvit yozgan insonga ish masalasida rad javobini berdi.

Kataloniyaliklar Elvis Kokani skaut bo'limiga ishga olmoqchi edilar. U klubda yoshlar futboli, shuningdek "Barselona"ning ikkinchi jamoasi uchun selekcioner vazifasini bajarishi lozim edi. 

Biroq, klub Koka bilan kelisha olmadi. 

Bunga sabab, klub matbuot xizmati tvittyerda skautning "Real"ni qo'llab-quvvatlab yozgan tvitlarini topib olgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Diario Sport