"Barselona" - "Real". Qaysi klubda sovrin ko'proq?

Aslanov Jasurbek
1 may 2018
"Barselona" LaLiganing 35-turida "Deportivo"ni mag'lub etib (4:2), muddatidan avval Ispaniya chempioniga aylandi.

Shunday qilib Kataloniya klubi o'z tarixida 25 marta LaLiga g'olibiga aylandi. Bu ko'rsatkich bo'yicha ko'k-anorranglilarning azaliy raqibi "Real" ulardan ustun. "Qirollik klubi" 33 bora Ispaniya chempioni nomiga sazovar bo'lgan.

Rasmiy turnirlarda sovrin yutish bo'yicha qaysi jamoa yetakchiligini bilasizmi?

Ispaniya Kubogi va mamlakat chempionatidagi muvaffaqiyatlar Kataloniya klubiga 88 va 89-sovrinni taqdim etdi. E'tiboringizga ikki klubning sovrinlar bo'yicha natijasini taqdim etamiz.

"Barselona" - 89ta sovrin

Ispaniya chempionati - 25

Qirol Kubogi (Ispaniya Kubogi) - 30

Ispaniya Superkubogi - 12

Liga Kubogi (1983-1986) - 2

Chempionlar ligasi - 5

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati - 3

UEFA Superkubogi - 5

UEFA g'oliblar kubogi (Yevropa ligasi) - 4

Eva Duarte Kubogi (Ispaniya Superkubogi, 1940-1953) - 3


"Real" - 88ta sovrin

Ispaniya chempionati - 33

Qirol Kubogi (Ispaniya Kubogi) - 19

Ispaniya Superkubogi - 10

Liga Kubogi (1983-1986) - 1

Chempionlar ligasi - 12

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati - 3

Qitalararo Kubogi (1960-2004) - 3

UEFA Superkubogi - 4

Eva Duarte Kubogi (Ispaniya Superkubogi, 1950 - 1953) - 1

UEFA Kubogi (Yevropa ligasi) - 2


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal