“Barselona” Rashfordga qiziqmoqda

“Barselona” klubi “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Rashfordga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Yunayted hujumchisining jamoa bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar amalda bo'ladi. Ilgariroq “qizil iblislar”vice-prezidenti Ed  Vudvord bayonot berib, jamoaga yangi bosh murabbiyi nomzodi aniq bo'lgach, klub hujumchi bilan shartnomani yangilash borasida muzokara o'tkazadi.

“Barselona” esa katta ehtimol bilan yozda 21 yoshli futbolchini qo'lga kiritishga urinib ko'radi. Ammo MYU hujumdagi yetakchisi bilan xayrlashish niyati yo'q. Qolaversa, Markusning shartnomasida tovon puli ko'rsatilmagan.

Joriy mavsumda Rashford APLda 22 uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 marta jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qildi.


Manba: Mundo Deportivo