“Barselona” rahbariyati Messiga yangi shartnoma taklif qildi

Narzulla Saydullayev
14 apr 2014, 10:43
Ispaniyaning “Barselona” klubi rahbariyati hujumchi Lionel Messiga yangi shartnoma taklif qildi, deb xabar bermoqda Marca nashri.
Nashr ma'lumotiga ko'ra, har ikki tomon ham JCH-2014 boshlanguniga qadar o'zaro yangi shartnoma bo'yicha kelishib olishni istashyapti.

Messining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilda yakuniga etadi. Avvalroq, Messining “Barselona”dan 5 yillik yangi shartnoma uchun klubdan yiliga 25 mln. evrolik maosh talab qilayotgani aytilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru